Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1-sentyabrdan budjet xodimlari maoshi va talabalar stipendiyasi 7 foizga oshadi

1-sentyabrdan budjet xodimlari maoshi va talabalar stipendiyasi 7 foizga oshadi

2026-yil 1-sentyabrdan O‘zbekistonda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va talabalar stipendiyalari 7 foizga oshiriladi. Shuningdek, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori hamda bazaviy hisoblash miqdorining yangi qiymatlari kuchga kiradi.

Prezidentning 23-iyundagi farmoniga muvofiq:

  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 271 ming so‘mdan 1 mln 360 ming so‘mga;
  • Bazaviy hisoblash miqdori esa 412 ming so‘mdan 440 ming so‘mga yetkaziladi.

Bu 2026-yildagi ijtimoiy to‘lovlar va daromadlarni indeksatsiya qilishning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Avvalroq, 1-iyuldan pensiyalar, nafaqalar va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga beriladigan moddiy yordamlar ham 7 foizga oshirilgan.

Iyul oyidagi oshirishdan keyin eng kam yoshga doir pensiya 983 ming so‘m, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori esa 1 mln 83 ming so‘m etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, BHMning oshishi davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa qator to‘lovlar miqdorining ham oshishiga olib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring