Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

13-noyabr — Xalqaro ko‘zi ojizlar kuni

13-noyabr — Xalqaro ko‘zi ojizlar kuni

Foto: «Evrika.ru»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 40 millionga yaqin ko‘zi ojiz kishi bor, ko‘rish darajasi past odamlar soni esa 124 million nafar.

1745-yilning 13-noyabr kuni Fransiyada tavallud topgan mashhur pedagog Valentin Gayui Peterburg hamda Parij shaharlarida ko‘zi ojizlar uchun maxsus bir nechta maktablarga asos solgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qaroriga binoan bu kun Xalqaro ko‘zi ojizlar kuni deb belgilangan: maqsad bir umrga dunyoni ko‘rish imkonidan mahrum bo‘lganlarga barchaning e’tiborni qaratish edi.

XVIII asrga qadar dunyo bo‘ylab ko‘zi ojizlar uchun maktablar bo‘lmagan. Valentin Gayui ilk bor o‘zining ta’lim berish usulini namoyon qildi. 1784-yil Parijda hukumat va xayriya jamiyati yordamisiz o‘zining shaxsiy mablag‘iga o‘z uyida tarixda ilk ko‘zi ojizlar maktabi — «Mehnatkash ko‘zi ojizlar ustaxonasi»ni ochdi. Valentin Gayuining ilk shogirdi cherkov eshigi oldiga tashlab ketilgan bolakay Fransua de Lezyuer bo‘lgan. Keyinchalik maktabga yana 11 nafar qarovsiz bolakay keltirilgan.

Ko‘zi ojizlarga ta’lim berish va tarbiyalashni Valentin Gayui ilm darajasigacha olib chiqdi. U «unsial» nomli relef-chiziqli shriftni ixtiro qildi. Ushbu nom lotin tilidan olingan bo‘lib, «uzunligi bo‘yicha bir unsiyaga teng» ma’nosini anglatadi. Shriftning o‘ziga xosligi shunda ediki, uning yordamida ko‘zi ojiz bolalarni o‘qish va yozishga, kitob o‘qishga o‘rgatish mumkin bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring