15-aprel kuni respublikada qanday ob-havo kutilmoqda?
«O‘zgirodmet» 15-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Toshkent shahri.
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11° iliq, kunduzi 21-23° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.
Toshkent viloyati.
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari.
Havo o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter