Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

18 yoshli qiz qidirilmoqda

18 yoshli qiz qidirilmoqda

Jizzax viloyati Forish tumani Qizilqum qishloq fuqarolar yig‘ini Erali mahallasida doimiy ro‘yxatda turgan, 2004 yilda tug‘ilgan Asilova Farangiz Berkinboy qizi qidirilmoqda.

U 2022 yil 27 iyun soat 11lar atrofida Jizzax shahri Sayiljoyi mahalla fuqarolar yig‘ini Ishchilar ko‘chasida yashovchi qarindoshinikidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.

Farangiz Asilova qizil rangli katakchali naqshlarga ega ko‘ylak va qora rangli poyabzalda bo‘lgan.

Belgilari: bo‘yi 155-160 santimetr atrofida, o‘rtacha gavdali, cho‘ziqroq yuzli, soch va qoshlari qora, sochlari uzun, lablari o‘rtacha qalinlikda, quloqlari supralari o‘rtacha. Engak sohasida kichik xoli bor.

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi Farangiz Asilova to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan hududiy ichki ishlar organlariga yoki «102» qisqa raqamiga xabar berishlarini so‘ragan. Shuningdek, 72-226-76-22 hamda 99-687-42-37 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkinligi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring