2018-yil O‘zbekistonda qancha nikoh tuzilgani ma’lum qilindi

2018-yil davomida 311,4 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, uning 44,6 mingtasi oktyabr oyida tuzilgan. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.
Nikoh tuzish borasida Sirdaryo viloyatida 2017-yilga nisbatan o‘sishi 12,2 foizni, Jizzax viloyatida 6,9 foizni, Toshkent viloyatida 5,9 foizni tashkil etib, peshqadamlik qildi.
Shu tariqa 2018-yilda har ming aholiga nikoh tuzish koeffitsiyenti 9,4 promilleni tashkil etdi.
Qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati eng yuqori 37,5 mingtani, Farg‘ona viloyati 35,4 mingtani va Qashqadaryo viloyati 31,6 mingtani tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter