Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

60 mingdan ortiq xonadonga 156 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

60 mingdan ortiq xonadonga 156 mlrd so‘m subsidiya ajratiladi

Soliq qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2026-yilning aprel–may oylarida 60 193 nafar jismoniy shaxs «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida davlat budjeti hisobidan subsidiya oladi.

Qayd etilishicha, elektr tarmoqlariga uzatilgan 156 mln 125 ming 388 kilovatt-soat quyosh energiyasi uchun jami 156 mlrd 125 mln so‘m subsidiya ajratiladi.

Eng katta subsidiya mablag‘i Xorazm viloyatiga — 29,1 mlrd so‘m, Buxoro viloyatiga — 27,1 mlrd so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga — 19,1 mlrd so‘m to‘g‘ri kelmoqda.

Fuqarolar subsidiya mablag‘ini «Soliq» mobil ilovasidagi «Keshbek va imtiyozlar» xizmati tarkibidagi «Quyoshli xonadon» bo‘limi orqali bank kartasiga o‘tkazib olishlari mumkin. Buning uchun ilovaning «Kartaga pul o‘tkazish» oynasidan foydalanish kifoya.

Soliq qo‘mitasi subsidiyalarni olish jarayoni elektron shaklda amalga oshirilishini eslatdi.

2023-yil 1-apreldan amal qilayotgan tartibga muvofiq, «Quyoshli xonadon» dasturi ishtirokchilariga xonadonlarida o‘rnatilgan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilib, yagona elektr energetikasi tizimiga uzatilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1 000 so‘mdan subsidiya to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring