Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon hokimligi taksi, sartarosh va mehmonxonalarga ruxsat berilgani haqidagi xabarga izoh berdi

Andijon hokimligi taksi, sartarosh va mehmonxonalarga ruxsat berilgani haqidagi xabarga izoh berdi

2020 yil 4 may kuni ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida tarqalgan «Andijonda Sartaroshxonalar, mehmonxonalar va taksilar faoliyatiga ruxsat berildi» sarlavha ostidagi xabarlar yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

Joriy yilning 29 aprelda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan, 10 maydan keyin karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi va karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilinganligi barchamizga ma’lum.

Shunga ko‘ra, ushbu xabar orqali Andijon viloyati hokimligi tomonidan maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari-sartaroshxonalar, mehmonxonalar va taksilar faoliyatini tiklash jarayonlariga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rishni nazarda tutilgan.

Respublika bo‘ylab maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalari, sartaroshxonalar, mehmonxonalar va taksilar faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Andijon viloyati hokimligi
MATBUOT XIZMATI

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring