Sirdaryoda axborot xavfsizligi bo‘yicha muhim seminar o‘tkazildi

17-may kuni Sirdaryo viloyati hokimligida «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida Axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari va axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimlari» muammolariga bag‘ishlangan o‘quv, amaliy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalari sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi va uning huzurida «Texnik ko‘maklashish markazi» DUK xodimlari tomonidan tashkil etildi.
Seminarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot xavfsizligini ta’minlash masalasiga yanada ko‘proq e’tibor qaratishdan iborat, deyiladi xabarda.
Seminar doirasida «Texnik ko‘maklashish markazi» DUK xodimlari tomonidan «Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy talablari» va «Axborot xavfsizligini ta’minlashdagi muammolar va ularning yechimlari» mavzularida tayyorlagan ma’ruzalar asosida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot va tushunchalar berildi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining 2018 yil yakunlari bo‘yicha axborot xavfsizligi holati, «Elektron hukumat» tizimi doirasidagi axborot tizimlari va resurslarini axborot xavfsizligi hodisalari bo‘yicha monitoringi va serverlarda o‘rnatilgan dasturiy ta’minotlardagi zaifliklar to‘g‘risida avtomatik ogohlantirish tizimi kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter