Aylanma yo‘llar orqali chegaradan o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

2018-yil 24-yanvar kuni soat 08:30 larda Toshkent tumanida aylanma yo‘llar orqali Qozog‘iston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan qumqo‘rg‘onlik, 1989-yilda tug‘ilgan S.S. chegarachilar tomonidan ushlangan.
Unga nisbatan tuman ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hurmatli fuqarolar chegarani buzish — jinoyat, jinoyatga jazo muqarrarligini esa yaxshi bilasiz. Unutmang, har qanday holatda ham muammoga qonuniy yechim topsa bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas