Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lib, do‘l yog‘ishi mumkin

Ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lib, do‘l yog‘ishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Bugun kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechga tomon Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 20-25° gacha isiydi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lib, do‘l yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 10-15° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring