Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyalik 20 dollarga olgan eski choynagini 800 ming dollarga sotdi

Britaniyalik 20 dollarga olgan eski choynagini 800 ming dollarga sotdi

Foto: BelTA

Buyukbritaniyalik xususiy kolleksioner avval 20 dollarga olgan eski choynagini auksionda 800 ming dollarga sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqida «Independent» gazetasi xabar bergan.

Nashrning yozishicha, choynakning egasi 2016 yili uni tutqichi singan va qopqoqsiz holda kimoshdi savdosida sotib olgan. Taxminlarga ko‘ra u 1766 va 1800 yillar oralig‘ida Midlseks grafligida yasalgan.

Ammo 30 yildan ortiqroq vaqt davomida keramikani o‘rgangan choynak egasida uning ishlab chiqarilgan yiliga nisbatan shubha uyg‘ongan. U o‘z buyumini «Wooley and Wallis» firmasining ekspertiga ko‘rsatgan. Ekspert esa choynak kulol Jon Bartlem tomonidan 1763 yilda Janubiy Kaliforniyada yasalganini aniqlagan.

Bartlem yasagan oltita mahsulot avvaldan ma’lum edi. Ammo bu buyum unga tegishli ilk choynak sanaladi.

Choynak kimoshdi savdosiga qo‘yilgach, 70 ming dollar atrofida sotilishi taxmin qilingan edi. Ammo yakunda u 800 ming dollarga sotildi. U AQShga olib boriladi va ommaga namoyish etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring