Bugun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent, Namangan viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 30° atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter