Bugungi ob-havo: shimolda salqin, janubda jazirama bo‘ladi

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Hududning katta qismida harorat foni 36-41 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 45 darajagacha bo‘lishi saqlanib turadi.
Shimoliy hududlarga salqin havo massasi kirib kelishi davom etadi, kunduzi harorat 32-37° bo‘ladi.
Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyasial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi harorat 39-41 darajagacha isiydi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter