Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Buxoro deklaratsiyasi» qabul qilinishi kutilmoqda

«Buxoro deklaratsiyasi» qabul qilinishi kutilmoqda

Bugun Toshkent shahrida diniy konfessiyalar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumi boshlandi.

Xalqaro miqyosdagi tadbir so‘ngida O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqib, «Buxoro deklaratsiyasi» qabul qilinadi.

Xalqaro forum 16-20-may kunlari poytaxtimiz, shuningdek, Buxoro va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va AQShning Global Engagement instituti (EGI) bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Deklaratsiyalar muloqoti» forumida Saudiya Arabistoni, AQSh, Angliya, Avstriya, Indoneziya, Nigeriya, Gana va boshqa 10 ga yaqin davlatdan 30 dan ortiq taniqli diniy ulamolar, ilohiyotshunoslar va rasmiylar ishtirok etmoqda.

Shu yilning 19 may kuni Buxoroda «Deklaratsiyalar muloqoti» forumining asosiy tadbiri bo‘lib o‘tadi. Unda ilmiy-amaliy seminarlar yakunlari sarhisob qilinishi, diniy e’tiqod erkinligi va dinlararo muloqotni ta’minlash masalalari hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashilishi kutilmoqda.

«Deklaratsiyalar muloqoti» doirasida 2016-2020 yillarda Makka, Marokash, Jakarta, Potomak, Punto-del-Este deklaratsiyalari qabul qilingan bo‘lib, diniy bag‘rikenglik, e’tiqod erkinligi g‘oyalarini xalqaro miqyosda qaror toptirish maqsadida tizimli tarzda o‘tkazilib kelinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring