Buxoroda fotoelektrstansiya quriladi
Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanida fotoelektrstansiya quriladi. Tuman hokimi axborot xizmati rahbari Islomjon Karimovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ushbu fotoelektrstansiya Xitoy Xalq Respublikasining «China Gezhouba Group Overseas Investment Co., Ltd.» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qiymati 400 million AQSh dollariga teng bo‘lgan quvvati 500 MVtli quyosh fotoelektr stansiyasini qurish uchun Qorovulbozor hududidan 996 gektar yer maydonlari tanlab olingan.
«Birinchi bosqichda joriy yil yakunigacha dastlabki 200 MVtli stansiya qurib, ishga tushiriladi. Ikkinchi bosqich esa 2024 yilning 2-yarmiga qadar yakunlanishi va 300 MVtli stansiyasi ishga tushirili rejalashtirilgan. Demakki, loyiha kelgusi yilning sentyabrida to‘liq quvvatda ish boshlaydi va yiliga 1,3 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqaradi. Bu Buxoro xalqi ehtiyojining 30 foizini qoplaydi, deganidir. Loyihaning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, qurilish ishlari jarayonida birinchi bosqichda 500-700 nafar, ikkinchi bosqichda 1200-1500 nafar mahalliy aholining bandligi ta’minlanadi»,– deydi Qorovulbozor tumani hokimi Akmal Ostonov.
Ushbu yuzasidan Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov «Energy China Bukhara Solar Pover» xorijiy korxonasi bosh direktori Jianjiang Feng, bosh direktor o‘rinbosari Senlin Huang va boshqa mutasaddilar bilan uchrashgan va unda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter