Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda Yaponiya universiteti bilan hamkorlikda turizm markazi ochildi

Buxoroda Yaponiya universiteti bilan hamkorlikda turizm markazi ochildi

Foto:BuxDU matbuot xizmati

Buxoro davlat universiteti va Vakayama universiteti tashabbuslari bilan BuxDUda «BuxDU-Vakayama turizm ta’limi va tadqiqotlari markazi» tashkil etildi. Bu haqida universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Vakayama 1949-yilda tashkil topgan bo‘lib, bu yerdagi turizm fakulteti dunyo miqyosida o‘z mavqeiga ega. Qolaversa, Butunjahon turizm tashkilotining UNWTO ning TedQual sertifikatini ham qo‘lga kiritgan Yaponiyadagi yagona oliygohdir. Ularning ana shu tajribasi dunyo sayyohlik markazlaridan biriga aylanib borayotgan Buxoro uchun kadrlar tayyorlashda muhim omil bo‘ladi.

Foto:BuxDU matbuot xizmati

Vakayama universiteti vakili Takuya Fuji tadqiqotlar markazi faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlardan mamnunligini izhor etdi. Shuningdek, Vakayama universiteti rektorining tabrik xatini o‘qib eshittirdi.

Respublikamizdagi «El-yurt umidi» fondi ham «BuxDU-Vakayama turizm ta’limi va tadqiqotlari markazi»ni tashkil etishda yordam ko‘rsatdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring