Buxorodagi 7 ta mahallada gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Bugun 26-sentyabr kuni Buxoro viloyatining Vobkent tumanining ba’zi hududlarida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Buxoro» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, kesimi 219 mmli yuqori bosimli gaz quvurini ta’mirlash maqsadida 2022-yil 26-sentyabr kuni soat 9:00dan to 18:00ga qadar tumandagi «Ko‘lxatib», «Mirvoshi», «Pushmon», «So‘fidehqon», «Teraklik», «Xolvagaron», «Xo‘jarabod», «Shanba» mahalla fuqarolar yiʼg‘inidagi jami 4734 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali barcha iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter