Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi MChJ omborxonasida yirik yong‘in yuz berdi

Buxorodagi MChJ omborxonasida yirik yong‘in yuz berdi

9-aprel kuni Buxoro viloyati Olot tumani «Xalifa» MFYda joylashgan «Imronnike» MChJ hududidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji borgan. Hodisa oqibatida korxona omborxonasi ichki qismining taxminan 200 kv.m. maydoni yonib zararlangan. Ob’yektning 400 kv.m maydoni saqlab qolingan.

Mazkur holat natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring