Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Centrum Air aviakompaniyasi yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushirmoqda: 2026 yil 28 oktyabrdan Toshkentdan Shri-Lanka janubida joylashgan Mattala Rajapaksa xalqaro aeroportiga (Hambantota, HRI kodi) muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar qatnovi boshlanadi.

Reyslar 2027 yil mart oyi oxirigacha haftasiga ikki marta – chorshanba va shanba kunlari Airbus A320 oilasiga mansub yangi va qulay samolyotlarda amalga oshiriladi.

Shri-Lanka – qish cheksiz yozga aylanadigan orol. Noyabrdan aprelgacha janubiy sohillarda quruq mavsum boshlanadi. Bu davrda havo iliq va quyoshli bo‘lib, harorat +30 °C atrofida, okean suvi esa +28 °C gacha isiydi. Bu syorfing uchun eng yaxshi vaqt: Veligama va Hiriketiyadagi bir maromli to‘lqinlar yangi boshlovchilar uchun ham, tajribali syorferlar uchun ham mos keladi.

Sokin hordiq ixlosmandlarini kokos palmalari bilan o‘ralgan oltinrang plyajlar, yangi tutilgan dengiz mahsulotlari va to‘g‘ridan-to‘g‘ri plantatsiyalardan keltiriladigan mashhur Seylon choyi kutmoqda. Shri-Lankaga unutilmas taassurotlar uchun ham borishga arziydi: Hambantota yaqinida joylashgan Yala milliy bog‘ida leopard va fillarni yovvoyi tabiat qo‘ynida ko‘rish mumkin. Mirissa sohillarida esa ko‘k kitlarni kuzatish, qadimiy ibodatxonalarda orolning boy tarixi bilan tanishish mumkin.

Shri-Lanka O‘zbekiston qishini iliq okean sohillariga almashtirishni istaganlar uchun ayni muddao.
Aviachiptalar narxi 4,3 mln so‘mdan boshlanadi.

Aviachiptalar centrum-air.com sayti va Centrum Air mobil ilovasida allaqachon sotuvda. Mobil ilovada tarifga 5% chegirma amal qiladi (App Store va Google Play).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring