«Chegara bilmas jurnalistlar» reytingi e’lon qilindi

Har yili «Chegarasiz reportyorlar» OAVning erkinligini himoya qilish tashkiloti tomonidan dunyo mamlakatlari reytingi tuziladi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yilgi reytingda Norvegiya yetakchilik qilmoqda, eng so‘nggi o‘rinni esa Shimoliy Koreya egallagan.
Reytingda har bir davlat 0 dan 100 gacha ball to‘playdi. Ball qancha yuqori bo‘lsa, natija shuncha yomon bo‘ladi. Shuningdek, reyting jurnalistlarning ish sharoitlari, senzura, huquqiy himoya va institutsional oshkoralik, mediamahsulotlar xilma-xilligi, ularning mustaqilligi asosida hisoblab chiqiladi.
Reytingda Shvetsiya, Niderlandiya, Finlyandiya, Yamayka, Belgiya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar so‘z erkinligi bilan bog‘liq vaziyatlar yuqori o‘ntalikka kiritilgan.
Suriya jurnalistlar uchun eng xavfli davlat deb topildi. 2017-yilda bu yerda 13 nafar jurnalist halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter