Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiqda 80 gektarlik istirohat bog‘i barpo etiladi

Chirchiqda 80 gektarlik istirohat bog‘i barpo etiladi

Foto: Xabar.uz

Chirchiq shahrida 80 gektar yer maydonida davlat-xususiy sherikchilik asosida o‘rmon tipidagi istirohat bog‘i va dam olish maskani barpo etiladi.

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan. 

Hujjatga ko‘ra, istirohat bog‘i va dam olish maskani aholining dam olishi uchun qulay bo‘lgan, daraxtzorlar bilan qoplanadi.

Shuningdek, bolalar shaharchasi, eko-ferma (hayvonot bog‘i), skeyt-park, sun’iy tirmanish qoyasi, turli xildagi sport maydonchalari va attraksionlar, yugurish va velo-yo‘laklar, tabiiy amfiteatr maydoni barpo etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring