Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari harorat pasayishi davom etadi

Dam olish kunlari harorat pasayishi davom etadi

Foto: Xabar.uz

Dam olish kunlari O‘zbekistonda yana havo harorati pasayadi. Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

​Faqat respublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek bugun kunduzi va 26-sentyabrda kechasi Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

​Bugun Toshkent viloyatining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

​Havo haroratining asta-sekin pasayishi davom etadi. Harorat bugun kunduzi 26-30 darajani tashkil etadi, janubiy hududlarda 31-33 darajagacha bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari asta-sekin 22-25 darajagacha, janubda 27-30 darajagacha pasayadi. Havo harorati kechalari 9-14 daraja bo‘ladi.

​Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27-sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

​Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bugun kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

​Harorat asosan kechalari 11-14 daraja, kunduzi 25-sentyabrda 26-28 daraja bo‘ladi, dam olish kunlari asta-sekin 23-25 darajagacha pasayadi.

​Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring