Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simliklar ro‘yxati tasdiqlandi
«Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini saqlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan 78 turdagi daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun, Prezidentning tegishli Farmoni bilan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgacha moratoriy joriy etilgan.
Qarorga ko‘ra, moratoriy joriy etilgan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan va butalarning qimmatbaho navlarini kesish bo‘yicha:
- davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arizalarni qabul qilishga;
- hududiy ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun xulosalar berishga;
- tuman (shahar) hokimliklari tomonidan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tabiiy omillar, kasalliklar ta’sirida shikastlangan, odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotgan daraxtlarni kesish va qirqish qonun hujjatlarida belgilangan tartibga rioya qilingan holda faqat tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter