Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat soliq qo‘mitasi ishga qabul qilishda byurokratik to‘siqlardan voz kechdi

Davlat soliq qo‘mitasi ishga qabul qilishda byurokratik to‘siqlardan voz kechdi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat soliq qo‘mitasi my.soliq.uz portalida ishga qabul qilish xizmatini ishga tushirdi. Ushbu xizmat orqali Davlat soliq qo‘mitasiga ishga kirishni istaganlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri rezyume jo‘natishlari mumkin.  Qo‘mitadan xabar qilishlaricha, maxsus tuzilgan kadrlar bilan ishlash komissiyasi har bir rezyumeni o‘rganib chiqadi, shuningdek, u joylarga chiqib, nomzodlar  bilan suhbatlar olib boradi.

Qo‘mitaga 27-iyundan 20-iyulgacha bo‘lgan muddat ichida 1200 nafarga yaqin nomzodlarning anketalari kelib tushgan.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, avvallari ishga qabul qilishda sun’iy to‘siqlar mavjud bo‘lgan. Nomzodlardan 20 xildagi turli ma’lumotlar talab qilingan. Sog‘ligi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotdan tashqari teri-tanosil, nevrologik, sil va narkologik dispanserlardan ma’lumotlar so‘ralgan.

«DSQ ilgari ishga joylashishda tanish-bilishchilik va mahalliychilik kabi illatlar ham mavjud bo‘lganini tan oladi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring