Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat tashkilotlarida genderga oid audit tekshiruvlari o‘tkaziladi

Davlat tashkilotlarida genderga oid audit tekshiruvlari o‘tkaziladi

Qonun (O‘RQ–809, 15.12.2022-y.) bilan «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Shunga ko‘ra, qonunga quyidagi yangi tushunchalar kiritildi:

- genderga oid audit – davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini, shuningdek genderga doir kompleks yondashuvni o‘rganish va baholash;

- genderga doir kompleks yondashuv – davlat organlari va tashkilotlari tomonidan o‘z faoliyatini, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishni xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tashkil etish;

Genderga oid auditning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbatini o‘rganish;

- davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatini genderga doir kompleks yondashuv asosida tashkil etganligi holatini o‘rganish;

- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi qonunchilikning ijro etilish holatini baholash;

- xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Genderga oid audit tasdiqlangan uch yillik rejaga asosan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring