Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dekabrning ikkinchi yarimida ob-havo qanday bo‘lishi prognoz qilindi

Dekabrning ikkinchi yarimida ob-havo qanday bo‘lishi prognoz qilindi

Foto: «Xabar.uz»

11-13 dekabr kunlari kuzatilgan kuchli sovuqlardan so‘ng O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tariladi.

14 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, shimolda 15-17° sovuqqacha atrofida sovuq bo‘ladi, kunduz kuni esa havo 0-5° iliqqacha isiydi.

15-17 dekabr kunlari harorat kechalari 0-5° sovuqqacha, ba’zi joylarda 2° iliqqacha ko‘tariladi, kunduz kunlari 4-9° iliqdan 0-5° iliqqacha o‘zgarib turadi.

14-17 dekabr kunlari davrida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 16 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Poytaxtimizda 14-15 dekabr va 17 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 16 dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechalari 11-13° sovuqdan 0-2° sovuqqacha asta-sekin ko‘tariladi, kunduz kunlari 14 dekabrda 1-3° iliq, 15 dekabrda 4-6° iliq, 16 dekabrda 0-2° iliq, 17 dekabrda 2-4° iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.

18-31 dekabr kunlariga O‘zbekiston bo‘yicha dastlabki ob-havo prognozi ham taqdim etildi.

19 dekabrda respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida, 20 dekabrda markaziy viloyatlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, dekabr oyining oxirgi besh kunlik ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda (1-2 kun) yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Havo harorati 18 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 19-20 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi, kunduzi 0-5° iliqqacha pasayadi.

21-31 dekabrda harorat kechalari 0-5° iliqdan 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqdan 7-12° iliqqacha, shimolda kechalari 0-5° sovuqdan 10-15° sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5° iliqdan 2-7° sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Oylik ob-havo prognozlari muntazam ravishda 2-6 kunlik prognozlar bilan yangilanib borilishi eslatib o‘tilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring