Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda doimiy aholi soni yil boshidan buyon qanchaga oshgani aytildi

O‘zbekistonda doimiy aholi soni yil boshidan buyon qanchaga oshgani aytildi

O‘zbekistonda 2022-yil 1-iyul holatiga doimiy aholi soni 35 603,4 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 332,1 ming kishiga ko‘paygan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida doimiy aholi soni – Samarqand (4069,3 ming kishi), Farg‘ona (3931,1 ming kishi), Qashqadaryo (3438,6 ming kishi), Andijon (3283,8 ming kishi) va Namangan (2959,3 ming kishi) viloyatlarida eng ko‘p qayd etilgan.

Shuningdek, Toshkent shahri (2909,5 ming kishi) hududi Toshkent viloyati hududi hisobidan kengayishi natijasida aholi sonida sezilarli o‘zgarish bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda erkaklar va ayollar soni bo‘yicha ham statistik ma’lumot berilgan edi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring