Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda ayrim sohalarga ruxsat berilishi kutilmoqda

Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi korxonalari bosqichma-bosqich ishga tushirilishi kutilmoqda.
Jumladan, hududlar rahbarlari taklifi asosida nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy-diagnostika, taksi xizmati, uy ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika, poyabzal ta’mirlash, sartaroshxonalar faoliyatiga kuchaytirilgan sanitariya talablarini belgilagan holda ruxsat beriladi.
Avvalroq, maxsus komissiya qarori asosida fuqarolarga ma’lum vaqt oralig‘ida shaxsiy avtomobillardan foydalanish va sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chada sayr qilishga ruxsat berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter