Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Er yoki xotin bir-birini haqoratlasa 6 million so‘m jarimaga tortiladi

Er yoki xotin bir-birini haqoratlasa 6 million so‘m jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda endilikda er yoki xotin o‘z turmush o‘rtog‘ining huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekistonda 2021-2022-yillarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oiladagi kamsitishlar bo‘yicha 72 mingta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 61 mingdan (85 foizdan) ortig‘i xotin-qizlarni kamsitilishiga taalluqli.

Yangi qonun bilan BMTning Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarga barham berish qo‘mitasi O‘zbekistonning 6-davriy hisobotiga yakuniy tavsiyalarida oiladagi zo‘ravonlik uchun alohida jinoiy javobgarlikni belgilash haqidagi tavsiyalaridan kelib chiqqan holda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun alohida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.

Unga ko‘ra, endilikda er yoki xotin o‘z turmush o‘rtog‘ining huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa yoki tahqirlasa, qo‘rqitsa, yaqin qarindoshlardan ajratib qo‘ysa qilmishning og‘irlik darajasidan kelib chiqib, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Masalan, shaxs o‘z turmush o‘rtog‘ini haqoratlab, qadr-qimmatini tahqirlasa 6 million so‘m jarimaga tortiladi, g‘arazli niyatlar bilan kaltaklab, og‘ir tan jarohati yetkazsa 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring