Ertaga Toshkentning ayrim ko‘chalari, IIV akademiyasi va non zavodida gaz bo‘lmaydi

Ertaga, 21 aprel kuni Toshkentning ayrim ko‘chalari vaqtincha gaz ta’minotidan uzib turiladi. Bu haqda shahar hokimligi kanali tomonidan xabar berilgan.
«Hurmatli Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi!
21 aprel kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar Mirzo Ulug‘bek tumani Tohir Malik va Tinchlik ko‘chasidan o‘tgan yer osti gaz quvurlarini ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim iste’molchilar vaqtincha tarmoqdan uziladilar.
Aholi iste’molchilar:
— Qora suv bo‘yi ko‘chasi;
— Gyote ko‘chasi;
— Qora suv mavzesi;
Ulgurji iste’molchilar:
— Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Akademiya binosi;
— «Nobel farm» sanoat korxonasi;
— Toshkent viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi;
— Qora suv-4 dahasidagi «Muruvvat uyi»;
— 2-Issiqlik markazi;
— Qora suv-6 dahasidagi non zavodi;
— Qora-suv-6 dahasidagi barcha kichik korxonalar.
Shuningdek, 2-Issiqlik markaziga gaz yetkazib berilishi vaqtincha to‘xtashi munosabati bilan ushbu hudud aholisiga issiqlik energiyasi ta’minotida ham uzilish kuzatiladi.
«HUDUDGAZTA’MINOT» AJ keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter