Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona shahriga yangi prokuror va IIB boshlig‘i tayinlandi

Farg‘ona shahriga yangi prokuror va IIB boshlig‘i tayinlandi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Bugun, 9-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi chog‘ida Farg‘ona shahrining yangi prokurori keng jamoatchilikka tanishtirildi.

Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Qobulov Dilmurod Qobulovich Respublika bosh prokurorining buyrug‘i bilan Farg‘ona shahrining prokurori etib tayinlandi.

Dilmurod Qobulov 1981-yilda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. Andijon viloyat prokuraturasida hamda Respublika Bosh prokuraturasida ma’sul vazifalarda ishlagan. Toshkent viloyatining Ohangaron tumani va shahri, Toshkent shahrining Bektemir tumani prokurori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Bugun, shuningdek, Farg‘ona shahar ichki ishlar bo‘limining yangi boshlig‘i ham jamoatchilikka tanishtirildi.

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan podpolkovnik Asqarov Dilmurod Qobilovich Respublika Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Farg‘ona shahar ichki ishlar bo‘limining boshlig‘i etib tayinlandi.

Dilmurod Asqarov 1979-yilda Toshloq tumanida tug‘ilgan. 2002-yildan ichki ishlar tizimida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, Quva tuman IIB boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Avvalroq Farg‘onaga yangi hokim tayinlangani xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning Shodiyona mahallasiga kutilmagan tashrifi ortidan Farg‘ona shahar «to‘rtligi» ishdan olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring