Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz bilan bog‘liq holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Gaz bilan bog‘liq holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Foto: «Xabar.uz»

Energetika vazirligi respublikamiz hududlarida tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot (soat 12:00 holatiga) taqdim etdi.

«Hozirgi paytda iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda. Ko‘rilgan choralar tufayli tabiiy gaz iste’molchilarining 67 foizida ijobiy natijaga erishildi», deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, gaz bosimi nisbatan past hududlar ro‘yxati keltirildi:

  1. Farg‘ona viloyatida — 57%;
  2. Andijon viloyatida — 75%;
  3. Namangan viloyatida — 58%;
  4. Toshkent viloyatida — 99%;
  5. Surxondaryo viloyatida — 32%;
  6. Toshkent shahrida — 18%ni tashkil etmoqda.

Mazkur hudud iste’molchilarining tabiiy gaz bosimini barqarorlashtirish uchun kerakli ishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha «Hududgazta’minot» O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilayotgan tabiiy gazdan uzilishlar sababini ma’lumot qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring