Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘oliblar «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mukofoti»ni oladi

G‘oliblar «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mukofoti»ni oladi

Prezidentning milliy va olimpiya sport turlari bo‘yicha «Milliy olimpiada» umumrespublika sport o‘yinlarini tashkil etini nazarda tutuvchi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, sport o‘yinlarining final bosqichida umumjamoa hisobida g‘olib va sovrindor bo‘lgan (I-III o‘rinlar) jamoalar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

birinchi o‘rin uchun – 200 million so‘m;

ikkinchi o‘rin uchun – 150 million so‘m;

uchinchi o‘rin uchun – 100 million so‘m;

Shuningdek, sport o‘yinlarining final bosqichida g‘olib va sovrindor (I-III o‘rinlar) bo‘lgan ishtirokchilar quyidagi «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mukofoti» bilan rag‘batlantiriladi;

Xususan, umumiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari olimpiya va paralimpiya kollejlariga;

professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga;

oliy ta’lim muassasalari talabalari (bakalavriat bosqichi) oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura ta’lim yo‘nalishiga qo‘shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

Shu bilan birga, sport o‘yinlarining final bosqichida g‘olib va sovrindor (I-III o‘rinlar) bo‘lgan ishtirokchilar hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maxsus sport tizimini boshqarish platformasiga kiritish orqali sport zahirasiga qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring