IIV Iskandar Xudayberganovning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

2019-yilning 2-fevral kuni ba’zi bir ijtimoiy tarmoqlarda «Jasliq» mahkumi Iskandar Xudoyberganovning ahvoli og‘irlashdi» sarlavhasi ostida xabar tarqatilgan.
Unda aytilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan 19-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan, 44 yoshli Iskandar Xudayberganovning amakisi oldiga militsiya xodimi kelib, uning ahvoli o‘ta og‘irligi, jiddiy kasallanganligi hamda zudlik bilan xabar olish lozimligini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan mahkum Iskandar Erkinovich Xudayberganov, 2002-yil 28-noyabr kuni Toshkent shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155-moddasi 3-qismi, 156-moddasi 2-qismi, 159-moddasi 4-qismi, 161-moddasi, 242-moddasi 2-qismi, 247-moddasi 3-qismi, 248-moddasi 1-qismi o‘lim jazosiga hukm qilingan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining ajrimiga asosan hukm o‘zgartirilib, 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Shuningdek, ma’lumotda mahkum I.Xudayberganovning yaqin qarindoshlari oldiga O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasida yoki 19-son jazoni ijro etish koloniyasida xizmat qilayotgan xodimlardan birortasi bormaganligi hamda hozirgi kunda mahkum I.Xudayberganovning sog‘ligi qoniqarli darajada bo‘lib, statsionar yoki ambulator tartibda davolanishga muhtoj emasligi, u barcha mahkumlar qatori jazo muddatini o‘tayotganligi bildirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter