Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i hibsga olinmagan

Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i polkovnik Abdukarim Shodiyev ushlangani haqidagi xabar noto‘g‘ri tarqatilgani aniqlandi.
Polkovnik Abdukarim Abduraxmonovich Shodiyev 2017-yilning avgust oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi fakultet boshlig‘i lavozimida xizmat faoliyatini davom ettirmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter