Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda IIB xodimini urib qochib ketgan jinoyatchilar ushlandi

Jizzaxda IIB xodimini urib qochib ketgan jinoyatchilar ushlandi

4 nafar noma’lum shaxslar mast holda Jizzax viloyatining Forish tumani hududida xizmat vaqti va kiyimida bo‘lgan tuman IIB xodimining bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketganlar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada xodim kasalxonaga yotqizilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni «Xonbandi» MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.U., F.G‘., J.H. va «Oqtepa» MFYda yashovchi H.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring