Jizzaxdagi suv quvurlari skotch bilan yamalayotganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi suv quvurlari skotch bilan yamalayotgani videosi tarqaldi.
«Jizzaxsuvta’minot» MChJ axborot xizmati vakili Dilshod Muhitdinov mazkur voqea yuzasidan videobayonot berdi.
Unga ko‘ra, mazkur hududdagi suv tarmoqlarida payvandlash ishlari yakunlangach, kerakli bosim yuborilgan va sinab ko‘rilgan. Sinov asnosida suv chiqayotgan qism skotch bilan vaqtincha berkitilgan.
Ayni damda sinov ishlari tugab, ob’yekt chilangarlar tomonidan standartlarga muvofiq tuzatildi, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati hokimi OTBning ichimlik suvi ta’minoti uchun ajratgan 7 million dollar mablag‘i talon-toroj qilinganini aytgan, «O‘zsuvta’minot» esa buni inkor qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter