Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxdagi suv quvurlari skotch bilan yamalayotganiga izoh berildi

Jizzaxdagi suv quvurlari skotch bilan yamalayotganiga izoh berildi

Foto: Videodan skrinshot.

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxdagi suv quvurlari skotch bilan yamalayotgani videosi tarqaldi. 

«Jizzaxsuvta’minot» MChJ axborot xizmati vakili  Dilshod Muhitdinov mazkur voqea yuzasidan videobayonot berdi. 

Unga ko‘ra, mazkur hududdagi suv tarmoqlarida payvandlash ishlari yakunlangach, kerakli bosim yuborilgan va sinab ko‘rilgan. Sinov asnosida suv chiqayotgan qism skotch bilan vaqtincha berkitilgan. 

Ayni damda sinov ishlari tugab, ob’yekt chilangarlar tomonidan standartlarga muvofiq tuzatildi, deyiladi bayonotda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyati hokimi OTBning ichimlik suvi ta’minoti uchun ajratgan 7 million dollar mablag‘i talon-toroj qilinganini aytgan, «O‘zsuvta’minot» esa buni inkor qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring