Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxning sobiq hokimi Toshkent viloyatiga «ko‘tarildi»

Jizzaxning sobiq hokimi Toshkent viloyatiga «ko‘tarildi»

Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ulug‘bek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ulug‘bek Uzoqov shu paytga qadar Jizzax viloyati Do‘stlik tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. U avvalroq bir yilga yaqin muddat viloyatni boshqargan, 2017 yilning oktyabr oyi oxirida paxta mavsumida hosil qo‘shib yozilishiga yo‘l qo‘ygani sababli ishdan olingandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib Davron Hidoyatov tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring