Jo‘rabek Mirzamahmudov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari - «O‘zatom» agentligi bosh direktori lavozimidan ozod etildi.
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzolagan.
Jo‘rabek Mirzamahmudov 2019-yilning fevral oyi o‘rtalarida energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. Shu bilan birga u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori lavozimida ham ishlab kelayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter