Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Joylardagi masalalarning 45 foizi sektorlarga bog‘liq ekan, muammo nimada? — Prezident

Joylardagi masalalarning 45 foizi sektorlarga bog‘liq ekan, muammo nimada? — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Farg‘ona viloyati faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari sayyor qabullar davomida aniqlangan muammolarning 45 foizi joylarda hal bo‘lganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

— Biz joylarda ko‘plab qabullar o‘tkazdik. Shularda ko‘tarilgan savollarning 45 foizi joyida hal bo‘lgan. Shu o‘rinda bir savol paydo bo‘ladi, nima uchun masalalarning javobi joylardagi 4 ta sektorga bog‘liq ekan, o‘z vaqtida hal qilinmagan. Muammo nimada?

Shu sababli ham bugun yig‘ilishimizni tanqidiy ruhda o‘tkazishimiz lozim. Sektorlar xalq manfaatidan kelib chiqib, o‘z vakolatlaridan o‘rinli foydalanishlari shart.

Mahalla, bu xalqning fikri, istagi degani. Agar mahallani qog‘ozda emas, amalda odamlarning dardini yengil qiladigan tizimga aylantirsak, ishimiz yurishadi. Farg‘onada 162 ta mahalla bor, ularning ish tizimi o‘zgarishi lozim.

Kimgadir operatsiya kerak, boshqasini bolasi yaxshi o‘qishni istaydi. Bu masalalarni mahallada hal qilish kerak, — dedi davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring