Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Juma kuni kunduzi kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Juma kuni kunduzi kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32-37 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 34-36° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 22-27° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring