Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistika sohasida «Oltin qalam – XVI» milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov e’lon qilindi

Jurnalistika sohasida «Oltin qalam – XVI» milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov e’lon qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi milliy va xalqaro jurnalistikaning yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlarining faol  fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish, ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy jurnalistika rivojiga hissa qo‘shish maqsadida Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlangan «Oltin qalam – XVI» Milliy  mukofoti uchun xalqaro tanlovini e’lon qildi.

Tanlov — televideniye, radio, bosma nashrlar, internet-jurnalistika va chet ellik jurnalistning O‘zbekiston  haqidagi eng yaxshi materiali bo‘yicha  besh yo‘nalishda o‘tkaziladi.

Tanlovda (2021-yilning 31-martidan 2022-yilning 1-apreligacha) bosma va internet nashrlarda e’lon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan materiallar ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda 1 ta Bosh milliy mukofot!

Shuningdek, asosiy mukofotlar:

Televideniye bo‘yicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1, 2, 3-o‘rinlar);

Radio bo‘yicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1, 2, 3-o‘rinlar);

Bosma nashrlar bo‘yicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1, 2, 3-o‘rinlar);

Internet nashrlar bo‘yicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1, 2, 3-o‘rinlar).

Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston  haqidagi eng yaxshi materiali uchun — 1 ta birinchi o‘rin, 4 ta ikkinchi o‘rin  (TV, radio, bosma va internet nashrlar).

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

  • Inson qadrini ulug‘lashga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallari uchun;
  • Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun;
  • O‘zbekiston tarixi yoritilgan eng yaxshi materiallari uchun;
  • Eng yaxshi axborot xizmati;
  • Eng yaxshi fotoreportaj.

Ijodiy ishlar «Oltin qalam» tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100129, Toshkent sh., Navoiy ko‘chasi, 30-uy. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi.                                                       

Murojaat uchun telefonlar: 71 -244-64-62, 71-244-37-87, 71- 244-64-61,
Telegram raqam:
99-592-05-48

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring