Jurnalistika sohasida «Oltin qalam – XVI» milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov e’lon qilindi
![Jurnalistika sohasida «Oltin qalam – XVI» milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov e’lon qilindi](http://static.xabar.uz/crop/4/1/720_460_95_4107363196.jpg)
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi milliy va xalqaro jurnalistikaning yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlarining faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish, ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy jurnalistika rivojiga hissa qo‘shish maqsadida Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlangan «Oltin qalam – XVI» Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovini e’lon qildi.
Tanlov — televideniye, radio, bosma nashrlar, internet-jurnalistika va chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali bo‘yicha besh yo‘nalishda o‘tkaziladi.
Tanlovda (2021-yilning 31-martidan 2022-yilning 1-apreligacha) bosma va internet nashrlarda e’lon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan materiallar ko‘rib chiqiladi.
Tanlovda 1 ta Bosh milliy mukofot!
Shuningdek, asosiy mukofotlar:
Televideniye bo‘yicha
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1, 2, 3-o‘rinlar);
Radio bo‘yicha
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1, 2, 3-o‘rinlar);
Bosma nashrlar bo‘yicha
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1, 2, 3-o‘rinlar);
Internet nashrlar bo‘yicha
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1, 2, 3-o‘rinlar).
Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun — 1 ta birinchi o‘rin, 4 ta ikkinchi o‘rin (TV, radio, bosma va internet nashrlar).
Rag‘batlantiruvchi mukofotlar:
- Inson qadrini ulug‘lashga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallari uchun;
- Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun;
- O‘zbekiston tarixi yoritilgan eng yaxshi materiallari uchun;
- Eng yaxshi axborot xizmati;
- Eng yaxshi fotoreportaj.
Ijodiy ishlar «Oltin qalam» tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
100129, Toshkent sh., Navoiy ko‘chasi, 30-uy. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi.
Murojaat uchun telefonlar: 71 -244-64-62, 71-244-37-87, 71- 244-64-61,
Telegram raqam: 99-592-05-48
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter