Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi qaror: konslager sobiq asirlariga oziq-ovqat va kiyim-kechak beriladi

Yangi qaror: konslager sobiq asirlariga oziq-ovqat va kiyim-kechak beriladi

Foto: «Artyushenko Oleg»

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 28-apreldagi 317-sonli qaroriga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, fashizm konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq asirlari, Leningrad blokadasi paytida ishlagan fuqarolarga har oy bepul oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechak, shaxsiy gigiyena vositalari beriladi.

Unga ko‘ra, bir kishiga bir oyda 3 kg. un, 1 kg. guruch, 0,5 kg. grechka, 0,5 kg. makaron, 1 kg. lahm go‘sht, 1 kg. parranda go‘shti, 0,2 kg. sariyog‘, 15 dona tuxum, 1 kg. shakar, 1 litr yog‘, 0,2 kg. choy, 0,1 hojatxon uchun sovun, 0,2 kg. xo‘jalik sovuni, 0,15 kg. kir yuvish kukuni, 8 dona taglik beriladi.

Shuningdek, erkaklarga kostyum, kurtka, bosh kiyim, qishki oyoq kiyimi, yengil oyoq kiyim, issiq ichki kiyim, sviter (1 donadan), sorochka, ichki kiyim (2 donadan), paypoq (4 donadan), ayollarga — issiq kuylak, palto, qishki va yozgi ro‘mol, qishki oyoq kiyim, yengil oyoq kiyim, yengil kuylak, issiq ichki kiyim, sviter (1 donadan), ichki kiyim (2 donadan), chulki (4 donadan) beriladi.

Ushbu ta’minot 1-oktabrga qadar har oyning 15-sanasigacha amalga oshirilishi kerak.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash bilan «Nuroniy» jamg‘armasi shug‘ullanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring