Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident: Malaka oshirish markazlari faoliyati tubdan isloh qilinadi

Prezident: Malaka oshirish markazlari faoliyati tubdan isloh qilinadi

Davlat xizmatlarini isloh qilish yuzasidan Prezident Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida, davlat rahbari davlat xizmatchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qildi.

«Hozirgi tez o‘zgarayotgan dunyoda har kuni yangi muammolar va masalalar kelib chiqmoqda. Shunday ekan, har bir mutaxassis o‘z ustida ishlab, yangi bilimlarni egallab borishi kerak.

Shu paytgacha davlat xizmatchilarining atigi 20 foizi malaka oshirgan, bu – rahbarlar kesimida 1 foizga, o‘rinbosarlar bo‘yicha esa 5 foizga ham yetmaydi. Shuningdek, malaka oshirganlarning 50 foizdan ortig‘i o‘qitish sifatidan norozi», – deydi Prezident.

Qayd etilishicha, bu borada tayanch muassasa bo‘lgan Davlat boshqaruvi akademiyasi eng ilg‘or xorijiy tajribalar asosida transformatsiya qilinadi.

Yig‘ilishda, shuningdek, Prezident maslahatchisi Suma Chakrabarti videoaloqa orqali bu boradagi takliflarini bayon qildi.

O‘z navbatida mutasaddilarga bir oy muddatda xorijiy hamkorlar va nufuzli o‘quv markazlari bilan birga qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va yil yakuniga qadar 5 ming nafar davlat xizmatchisini o‘qitish topshirildi.

Vazirlar Mahkamasi esa ikki oy muddatda vazirliklar tizimidagi 110 ta malaka oshirish markazi faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, o‘qitish dasturlari va metodikalarini yangilash, ularga malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlaydi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring