Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi 85 ta oilani otaliqqa oldi

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi 85 ta oilani otaliqqa oldi

Karantin vaqtida xalqimizning yordamga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi 85 ta oilani otaliqqa oldi. Bu haqda okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 1-may kuni Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatidagi ishsiz va ehtiyojmand oilalarning 30 nafariga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining topshiriqlari asosida barcha viloyat va tumanlarda kam taminlangan oilalar va pandemiya davrida ishsiz qolgan fuqarolar to‘liq xatlovdan o‘tkazib chiqildi. Sinovli kunlarda «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati doirasida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar hamda tadbirkorlarga ushbu oilalar biriktirilib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Harbiy xizmatchilar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmasa-da, biroq og‘ir kunlarda xalqimizga ko‘mak berish uchun «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakati doirasida 85 ta kam ta’minlangan oilalarga ikki xaftada bir marotaba un, shakar, yog‘, go‘sht hamda oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatmoqda.

Mazkur hayriya tadbirida Jizzax viloyatidagi 30 ta hamda Navoiy shahri va tumanlarida istiqomat qilayotgan 25 nafar oilaga ham moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, tashrif chog‘ida har bir xonadonda dizenfeksiya ishlari amalga oshirildi. Xonadon egalarini tana harorati tekshirilib, yetakchi mutaxassislar tomonidan xavfli infeksiya bilan samarali kurashishda tegishli tavsiyalar berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring