Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand markazida harbiylar har kuni ko‘rgazmali chiqish qilmoqda (foto)

Samarqand markazida harbiylar har kuni ko‘rgazmali chiqish qilmoqda (foto)

Kecha, 25 dekabr kuni Samarqand shahri markazida harbiylar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar boshlandi. Ushbu ko‘ngilochar dastur 15 yanvarga qadar davom etadi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Dastlab askarlar Vatanga qasamyod qilishdi. Yigitlik ontining mazmun-mohiyati yig‘ilganlarga sahna ko‘rinishi orqali ifoda etildi. Harbiy burchiga sadoqatli o‘g‘lon, yurtini va sevgan yorini mardonavor himoya qildi.

Samarqand viloyati Musiqali drama teatri sahnida bo‘lib o‘tgan tadbirda qo‘l jangi chiqishlari va «Bir kuni harbiy xizmatda...» nomli harbiy qatralar minglab tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi bilan hamkorlikda harbiy orkestr kechki konsert dasturi taqdim etildi. Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan tadbirlar rejaga ko‘ra xaftada uch kun va dam olish kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring