Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kattaqo‘rg‘on» poligonida xorij artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi (foto)

«Kattaqo‘rg‘on» poligonida xorij artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi (foto)

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrugiga qarashli «Kattaqo‘rg‘on» poligonida Xitoy bilan tinchlik yo‘lidagi xalqaro harbiy hamkorlik doirasida xarid qilingan artilleriya snaryadi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligi va Markaziy harbiy okrug rahbariyati hamda artilleriya bo‘linmalari tomonidan 122 mm va 152 mmli «PL66-1» markali tasnifiga ko‘ra, oskolkali fugasli snaryad qo‘llanilgan. D-20 va D-30 artilleriya qurollaridan 20 donadan otilgan snaryadning kelgusida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibidagi artilleriya bo‘linmalari qurollari uchun o‘q-dori sifatida qo‘llash samaradorligi tekshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Birinchi marotaba Mudofaa vazirining tashabbusi bilan «Men g‘olib» shiori ostida o‘tkazilayotgan 12 ta mutaxassisliklar bo‘yicha musobaqaning 7 ta yo‘nalishi aynan artilleriya bo‘linmalariga tegishli. Hozir kunda artilleriya bo‘linmalarini yangi turdagi qurol-aslaha va o‘q-dorilar bilan ta’minlash choralari ko‘rilyapti.

Shuningdek, artilleriya mutaxasisligi bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlashda ustoz-shogird an’analari joriy qilinib, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmani oshirishda har bir dala o‘quv maydonida namunali «Eng ilg‘or artilleriya mutaxassisi yo‘lagi» barpo etildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Kecha, 29-iyul kunidagi Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan videoselektorda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov tomonidan O‘zbekistonda yagona artilleriya va aviatsiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan «Kattaqo‘rg‘on» poligonidagi sinov natijalari hamda mutaxassisliklar bo‘yicha musobaqaning okrug bosqichi yakunlari haqidagi ma’ruzasi tinglandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring