Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metroning yerusti bekatlarida poyezd tezligi pasaytiriladi

Metroning yerusti bekatlarida poyezd tezligi pasaytiriladi

Foto: Xabar.uz

Havo haroratining keskin isishi sababli poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent metropolitenining barcha yerusti bekatlarida harakatlanayotgan poyezdlar tezligi kamaytiriladi.

Bu haqda «Toshkent metropoliteni» ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bu o‘zgarish soat 12:00 dan 18:00 ga qadar amal qiladi. Bu orada elektropoyezdlar qatnovidagi oraliq intervallar ham ortadi.

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab anomal issiq davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yuqori havo harorati sabab temiryo‘l poyezdlari qatnovlarida ham o‘zgarishlar bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring